Iqtisodiyot | 18:27 / 04.04.2021
8001
3 daqiqa o‘qiladi

Mahalliy eksportchilarning ayrim xarajatlari davlat budjetidan qoplab beriladi

Eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi ayrim xarajatlari Eksportni rivojlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, eksportchi korxonalarning ayrim xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalardan Eksportni rivojlantirish agentligiga ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Kiritilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, eksportchi korxonalarning quyidagi xarajatlari kompensatsiya qilinishi nazarda tutilmoqda:

  • Eksport qiluvchi tashkilotlarga respublikada va xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etishga, xorijiy vakolatli   organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ro‘yxatdan o‘tkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro ko‘rgazma, yarmarkalarida hamda xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etishiga, an'anaviy milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kampaniyalari o‘tkazilishiga hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishdagi xarajatlar;
  • Eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida eksportga tashish, garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini to‘lash, shuningdek, savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlari;
  • meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xo‘jaligi birlashmalari a'zolarini yangi texnologiyalarga o‘rgatish, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda vakolatli organlarning mahsulotlarini eksport qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlari;
  • mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Savdo uylari uchun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari bo‘yicha Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan to‘lab beriladigan bir oylik qat'iy miqdorlar:

Avvalroq, «2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolangani xabar qilingan edi. Qarorda «Ishlab chiqaruvchidan to iste'molchiga» tamoyili asosida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy bo‘linmalarida doimiy faoliyat yurituvchi hududiy eksport shtablari tashkil etilishi va eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 100 million dollar ajratilishi belgilangandi.

Mavzuga oid