Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
Rossiya benzin eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi, u iyul oyi oxirigacha amal qiladi. Taqiq qishloq xo‘jaligi ekish mavsumida talabning mavsumiy o‘sishi va jahon neft narxlarining ko‘tarilishi sharoitida kiritildi.
Foto: AP
Rossiya hukumati 2 aprel, payshanba kuni mamlakat benzin eksportini iyul oyi oxirigacha taqiqlaganini ma’lum qildi. Hukumatga ko‘ra, ushbu chora ichki bozorni barqarorlashtirishga qaratilgan, chunki qishloq xo‘jaligi ekish davrida yonilg‘iga talab an’anaviy tarzda yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, Rossiya hukumati jahonda neft narxlari o‘sib borayotganini ham sabab sifatida keltirgan.
Moskva benzin va dizel yonilg‘isini chetga chiqarishga doir cheklovlarni avval ham bir necha bor joriy etgan — bu ichki bozorda narxlar o‘sishini jilovlash va taqchillikning oldini olish uchun qilingan. 2025 yilda mamlakatning qator hududlarida, shuningdek, Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarida yonilg‘i tanqisligi kuzatilgan. Bunga Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga bergan zarbalari va mavsumiy talabning ortishi sabab bo‘lgan.
Hozirgi taqiq Rossiya yonilg‘i yetkazib berish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv tuzgan davlatlarga tatbiq etilmaydi, masalan, Mo‘g‘ulistonga. Soha manbalari ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya qariyb 5 million tonna benzin eksport qilgan.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
09:57 / 02.04.2026
Ayrim o‘zbekistonliklar Vladivostok aeroporti orqali Rossiyaga kiritilmadi
08:52 / 02.04.2026