Rossiya hukumati 1 apreldan bozorning barça iştirokçilari uçun benzinni eksportga sotişni taqiqlaydi. Mamlakat Energetika vazirligi tegişli qarorni tayyorlamoqda, deb xabar qildi Rossiya OAV 27 mart, juma kuni, boş vazir örinbosari Aleksandr Novakning Rossiya neft kompaniyalari va sohaviy idoralar vakillari bilan ötkazgan yiğilişi yakunlariga tayanib.

Mamlakat hukumatining matbuot xizmatida bildirilişiça, taqiq benzin narxlarini “barqarorlaştiriş va içki bozorni ustuvor tarzda ta’minlaş”ga xizmat qilişi kerak. U Rossiya hukumati boşqa davlatlar hukumatlari bilan tuzgan kelişuvlar doirasidagi yetkazib berişlarga, şuningdek dizel yonilğisiga tatbiq etilmaydi.

Şu bilan birga, RF Energetika vazirligi mamlakatda neftni qayta işlaş hajmlari 2025 yil mart oyi darajasida saqlanib qolayotganini bildirmoqda — bu esa içki bozorni neft mahsulotlari bilan barqaror ta’minlaş imkonini beradi, deb yozadi “Kommersant” gazetasi.

“Gazprom neft” rahbari Aleksandr Dyukov Rossiya sanoatçilar va tadbirkorlar ittifoqining RF prezidenti Vladimir Putin iştirokidagi yiğilişi kuluarlarida RFdan benzin eksportini taqiqlaş Eronga qarşi AQŞ va Isroil uruşi oqibatlari fonida “zarur” ekanini aytdi.

“Biz nafaqat neft, balki neft mahsulotlari böyiça ham jahon narxlarining sezilarli ösişini köryapmiz. Rossiya bozoridagi benzin taşqi bozorlarga ‘yuvilib ketmasligi’ uçun, ya’ni uni u yerda yuqori narxlarda sotiş holati yuzaga kelmasligi uçun şunday taqiq kerak”, — deya biznesmendan iqtibos keltiradi “Kommersant”.

Bunday taqiq Rossiyada birinçi marta joriy etilayotgani yöq — mamlakat hukumati bunday çeklovlarni Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan keyin va Rossiya NQIZga qilingan hujumlar ortidan bir neça bor kiritgan. RFdan benzin eksporti böyiça sönggi çeklovlar faqat 2026 yil yanvar oxirida yumşatilgan edi.

25 martga ötar keçasi Ukraina Leningrad viloyatidagi Ust-Luga portiga zarba berdi, bu ham Rossiyaning neft mahsulotlarini eksport qiliş imkoniyatlarini çekladi. “Kommersant” manbasiga köra, şu sabab yaqin vaqt içida Rossiyada neftni qayta işlaş va qazib oliş darajasi pasayişi mumkin.

Isroil va AQŞ 28 fevral kuni ertalab Eron hududidagi obektlarga ommaviy zarbalar berib, hujum boşladi. Janglarning birinçi kuni Eron oliy rahbari Ali Xominaiy hamda bir qator yuqori lavozimli amaldorlar va kuçişlatar tuzilmalar vakillari öldirildi. Öldirilgan Ali örniga uning 56 yoşli öğli Mujtaba Xominaiy keldi.