Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Galaxy S9 qanchada to‘liq zaryad olishi ma'lum qilindi
Foto: Twitter/Onleaks
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi avlod flagmanlarining tezkor zaryadlovchi qurilmalari xususiyatlari paydo bo‘ldi. U avvalgisidan u qadar katta farq qilmaydi. Dealntech shu haqida ma'lum qildi.
Samsung Galaxy S9 smartfoni 1,5 soatda to‘liq zaryad olishi mumkin. Qurilmalarning rasmiy sertifikatsiyalaridagi xususiyatlari shundan dalolat bermoqda. Yaqinda ular Xitoy, Tayvan va Janubiy Koreya uchun registratsiya raqamlariga ega bo‘lishdi.
Hujjatlardagi ma'lumotlarga ko‘ra, smartfonlar ikki zaryadkali bo‘ladi: an'anaviy chiqish parametrlariga ega 5V/2A va tezkor chiqish parametrlariga ega 9V/1,67A. Tezkor zaryad xususiyatlari Galaxy S8, S8+ va Galaxy Note 8'nikidan u qadar katta farq qilmaydi.

Bundan chiqdi, kompaniya tezkor zaryadning avvalgi xususiyatlarini qoldirgan va yangi avlod Galaxy S flagmanlari o‘zidan oldingi modellar tezligida zaryad oladi. Samsung vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 3000 mAs sig‘imli akkumulyator 1,5 soatda to‘liq zaryadlanishi kerak.
Manbaga ko‘ra, Galaxy S9 va Galaxy S9 + flagmanlari 26 fevralda bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasida namoyish etilishi kutilmoqda. Sotuvlarga esa 1 martdan start beriladi.
Mavzuga oid
15:40 / 08.07.2018
Samsung Galaxy S9 kompaniya tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz sotuvlarni qayd etmoqda
16:00 / 25.02.2018
Samsung Galaxy S9 va S9+ videosi tarqaldi
19:01 / 19.12.2017
Samsung Galaxy S9 taqdimoti sanasi ma'lum qilindi
07:52 / 09.11.2017