Janubiy Koreya OAVlari yozda Samsung Display yangi Galaxy S9 smartfonlari uçun möljallangan OLED-ekranlarni noyabrda, ya'ni odatdagidan 2 oy oldin yetkazib berişni boşlaşi ma'lum qilingandi. Şu ma'lumotlarga asoslanib, Samsunğning yangi flagman smartfonlari 2018 yilning mart-aprel oylaridan oldin çiqişi haqida gaplar paydo böla boşlagandi.
Yaqinda esa işonçli manba S9 va S9+ smartfonlari keyingi oydayoq ommaviy ravişda işlab çiqarila boşlaşini ma'lum qildi. Agar yangi smartfonlarning ekranlari avvalgidek qolsa, unda Samsunğga qurilmalarning içini, jumladan kamerani modernizatsiya qilişgina qoladi. Manbaning ma'lum qilişiça, Galaxy S9’ning orqa qismi sezilarli özgaradi, bu esa ikkita yonma-yon kameraning paydo bölişi va ehtimol, barmoq izlari skanerining yana old panelga köçişini anglatadi.

Insayderlarning ta'kidlaşlariça, Samsung kompaniyasi iPhone X’ga raqobat taşkil qiliş uçun Galaxy S9’ning bozorga çiqişini tezlaştirmoqçi. Şu bilan birga, Galaxy S9 va S9+ ekranlarida barmoq izlari skaneri bölmaydi va ehtimol, u uçun ekran ostida alohida joy böladi. Şuningdek, qurilma iPhone X’dagi kabi Face ID yuzni taniş tizimi bilan jihozlanişi ham mumkin.











