Samsung Galaxy S9 flagmanini işlab çiqaruvçi öz tarixidagi eng keng kölamli reklama bilan qöllab-quvvatladi, bunga uşbu mobil qurilma sotilayotgan barça mamlakatlarda guvoh böliş mumkin edi. Şunga qaramay, sotuvlarga start berilganining ilk haftasidanoq işlar  rejadagidek ketmayotgani sezildi, çunki talab kutilganidan ança past bölib çiqdi. Öşa vaqtlardan 3 oyga yaqin vaqt ötgan bölsa-da, tahlilçilar nihoyat smartfon sotuvlariga doir barça haqiqatni bayon etişdi.

Foto: Samsung

Ma'lum bölişiça, Samsung Galaxy S9 flagman telefoni sotuvlari töliq tanazzulga yuz tutgan, rasmiy hisobot şunday xulosa qilişga asos bölgan. 2018 yilning ikkinçi çoragida Janubiy Koreya korporatsiyasi ötgan yilning xuddi şu davriga nisbatan 0,7 foizga kam daromad olgan. Bu mahsulot reklamasiga esa bir neça baravar köp mablağ sarflangan.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Samsung kompaniyasi 2018 yilning oxirigaça 31 millionta Galaxy S9'ni sotişni rejalaştirmoqda, biroq hatto bunga ham erişib bölmasligi taxmin qilinmoqda. Taqqoslaş uçun: Galaxy S7 2016 yilda 50 million nusxada sotilgan. 2012 yilda işlab çiqarilgan Galaxy S3 smartfoni 40 million nusxada sotilgan. Bu esa yangi flagman korporatsiyaning olti yil avvalgi modelidan-da past natijalarni qayd etadi degani. 

Foto: Daimoi

Ta'kidlaş joizki, Samsung kompaniyasining top-smartfonlari sotuvlari yil sayin ösib borayotgan edi, biroq bu yil barçasi özgardi. Vaziyatni faqat yangi Galaxy S10 modeli qutqarişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.