Jamiyat | 14:23 / 02.06.2024
5334
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda mashina olib berishni aytib fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U avtosalondan qisqa muddatda mashina olib berishini aytib, firibgarlik bilan ikki kishidan 22 ming dollar olgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qarshi shahrida fuqarolarga mashina olib berishni va’da qilib, ularning 22 000 dollarini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.Yu. ikki kishiga avtosalondan shartnoma asosida qisqa muddatda Cobalt va Malibu mashinalarini olib berishini aytib, ulardan 22 000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid