Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Niyatni yaxshi qiling, yaxshi niyat amalga oshadi». Prezident onkologiya kasalxonasiga bordi
Davlat rahbari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, u yerda onkologik kasallikka chalingan bemorlar bilan suhbatlashdi.
“Niyatni yaxshi qiling, yaxshi niyat albatta amalga oshadi. Kuchli bo‘lib, ota-onangizni xursand qilib, tuzalib ketsangiz menga ham katta baxt bo‘ladi. Hech narsadan o‘ylanmang”, - dedi Shavkat Mirziyoyev onkologiya shifoxonasidagi bemorlarga.
Davlat rahbari saratonga chalingan, bir oyog‘idan ayrilgan namanganlik o‘quvchi qizga protez oyoq qo‘ydirishni o‘z zimmasiga olarkan, unga dalda berdi: “Germaniyada bormi, Amerikada bormi, yaxshi protez olib kelib beraman. Buni o‘zim nazoratga olaman. O‘qishni davom ettirishni albatta nazoratga olamiz. Hokimga topshiriq beraman”, - deya ta'kidladi prezident.
Mavzuga oid
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan «Toshkent-Sharqiy» aeroportini borib ko‘rdi
20:34 / 27.08.2025