Jamiyat | 10:54 / 16.09.2024
12819
2 daqiqa o‘qiladi

Romitanda kotlovan qazish paytida tutash binoning bir qismi qulab tushdi

Holat bugun sodir bo‘lgan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, ushbu manzilda ko‘p qavatli turar joy binosi qurish uchun yer ishlari amalga oshirilmoqda. Jabrlanganlar yoki yetkazilgan zarar miqdori bo‘yicha hozircha aniq ma’lumot yo‘q. 

Foto: Videodan kadr

Buxoro viloyatining Romitan tumanida kotlovan qazish jarayonida qo‘shni binoning bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Holat bugun tumanning Azizon ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, manzilda ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishi uchun yer ishlari amalga oshirilmoqda. Bir qismi qulab tushgan bino ham yangi qurilgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi. Jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi aniq emas.

Keyingi vaqtlarda kotlovan qazishda texnologik protsess noto‘g‘ri bajarilishi oqibatida tutash hududdagi uylar qulashi, yo‘llar o‘pirilishi holatlari ko‘paymoqda.

May oyida Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qurilish obektiga tutash bo‘lgan uy qulab tushgan edi. 12 sentabr kuni esa Toshkent shahri Chilonzor tumanida kotlovan sabab yo‘lning bir qismi o‘pirildi.

Mavzuga oid