Uchtepa tumanidagi salkam 1 gektar joy avvaliga avtoturargoh quriş uçun ajratilgan edi. Lekin keyin, loyiha bir yumalab 5 qavatli, yana bir dumalab 16 qavatli “dom” loyihasiga aylandi. 5 qavatgaça uy qurişga ruxsat olinganiga qaramay, undan yuqoridagi qavatlar uçun ham xonadonlar sotuvi olib borilgan. Kun.uz gaplaşgan fuqarolarga köra, mahalla infratuzilmasi bunday yuklamani kötara olmaydi.

Kun.uz'ga Toşkent şahri Uchtepa tumani Boğobod mahallasidan murojaat kelib tuşdi: mahalla ahli 5 qavatli turar joy deb ruxsatnoma berilgan joyga 16 qavatli uy quriş harakatlaridan norozi.

Suriştiruvimizga köra, 2018 yilda Uchtepa tumanining sobiq hokimi Şavkatbek Ergaşev 96 sotix yer maydonini “Elegant Avto Servis” MJÇga ajratib bergan. Qarorda faoliyat turini özgartirmaslik şarti bilan, köp qavatli avtoturargoh quriş belgilangan. Keyinçalik, yer maydoni “Great Vertex” MÇJga ötgan va jamiyat 2019 yilda obektni ixtisoslaştiriş va rekonstruksiya qilişga ruxsatnoma olgan. 2023 yil 23 iyun kuni 5 qavatli turar joy majmuasi uçun Toşkent şahar quriliş boş boşqarmasidan ijobiy xulosa taqdim etilgan.

1 yil ötar-ötmas u yerda quriliş işlari boşlangan. Bir muddat ötib, Great Vertex majmuani balandroq qilib qurişga qaror qilgan: 2 ta 16 qavatli va 3 ta 8 qavatli binolar loyihasi işlab çiqilgan. 2025 yil fevralida Quriliş vazirligi bu yangi loyiha poytaxt boş rejasiga zid va avtoturargohlar hisobga olinmagan deb, uni rad etgan. Şunday bölsa-da, quriliş işlarining dastlabki bosqiçi faol olib borilgan.

Quriliş inspeksiyasi obektda köp marta örganişlar ötkazib, quriliş-montaj jarayonlarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilinmaganini aniqlagan. Ayrim işlarda tasdiqlangan loyiha yeçimlariga zid harakatlar kuzatilgan: yerostiga qarab 1,5 metr kovlaş belgilangan bölsa, 2,5 metrgaça qazilgan. Inspeksiya jami 13 marta nazorat tadbiri ötkazgan va 12 ta yozma körsatma bergan. Talablar bajarilmagaç, buyurtmaçi “Great Vertex” MÇJning mansabdori MJtKning 99-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

“Agar loyihadan çetga çiqilsa, sudga da’vo arizalari kiritiladi. Hozirda quriliş işlari vaqtinça töxtatilgan. Jarayon ustidan qat’iy nazorat örnatilgan”, – deyiladi inspeksiya Kun.uz'ga taqdim etgan axborotda.

Şunga qaramay, aholi vakillari 16 qavatli uy qurilişidan xavotirda.

“Mahallamizda loyiha böyiça 5 qavatli imorat qurilişi kerak edi. Lekin 16 qavat imorat qurilyapti. Mahallamiz bunga qarşi. Ertaga gaz, elektr energiyasi ta’minotiga salbiy ta’sir körsatadi. Qolaversa, mana bu yerda maktabimiz bor, öquvçilarga salbiy ta’sir qilişi mumkin”, – deydi Elmurod Yöldoşev.

“16 qavat bölgan taqdirda kamida 3000-4000 aholi kelişi mumkin. 1500-2000 ta avtoulovi böladi. Mana şu kranning toşi yaqinda tuşib ketdi. Tuşib ketgandan beri bolalarimni köçaga çiqarmayman”, – deydi Laziz Qudratov.

Yana bir fuqaro Avaz Abduvahobovga köra, mahalladan bir guruh fuqarolar Uchtepa Sity'ning sotuv ofisiga borişganida, 16-qavatlik loyihaning yuqori qavatlari uçun sotuv ketayotgani ma’lum bölgan.

“Özi infrastruktura yetarli emas. 700 ga yaqin xonadon turgan bölsa, maşina çiqib ketadigan joy yöq bu yerda. Mana şu yerdan yöl olinişi kerak edi, yöl qurilmadi. Hozirgi yöl tor, maşinalar ötişi uçun bir-birini kutib turadi. Biror joyga borişda mahalladan çiqib olişimizning öziga ança vaqt ketib qoladi”, – deydi u.

Uchtepa tumani Boğobod mahallasi köçasi, 228-maktabning old qismi

Kun.uz'ga taqdim etilgan bir şartnomada, quruvçi mijozga 12-qavatdan xonadon sotgani körinadi. 5-qavatdan yuqori qavatlarda joylaşişi reja qilingan, lekin ruxsat olinmagan xonadonlarning neçtasi sotilgani ma’lum emas.

Boşqa bir fuqaro uluşdor sifatida 8-qavatdan 2 xonali uyga 17 mln 860 ming söm tölagan. Biroq bahsli masalalardan keyin, pulini qaytarib olgan.

Quriliş vazirligi loyihani tasdiqlamagan bölsa, nega 16 qavatli uylar ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilindi? Hozirgaça 5 dan yuqori qavatlarga neçta odam şartnoma tuzdi, ularning pullari qaytariladimi? Biz şu kabi savollar bilan Uchtepa City'ning sotuv ofisiga borib, ofis yopiq ekaniga guvoh böldik. Körsatilgan raqamga qönğiroq qilganimizda, operator hozir faqat 5-qavatgaça şartnoma borligini, sotuv ofisi elektr yöqligi tufayli onlayn işlayotganini aytdi.

Köp ötmay, firma rahbari Zafar Asadov biz bilan suhbatda Quriliş vazirligi fevral oyidagi loyihani rad etganini, hozirda loyiha tasdiqlanişini kutayotganini aytdi, tafsilotlarni oçiqlamadi. “Hali 1-qavat ham kötarilmagan, nima muammo?” – deydi u.

Avvalroq, xuddi şu joyda bir neçta zarang daraxtlari kesib taşlangani haqida reportaj tayyorlagan edik.

Şahzod Öroqboyev,
Kun.uz