Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya yaqinida Rossiyaga tegishli samolyot yo‘qolib qoldi
Foto: Kirill Naumenko
Suriyadagi Hmaymim aviabazasi 17 sentabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, 17 sentabr kechki vaqt Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Lataqiya shahriga raketa hujumini qaytargan. Suriyalik harbiy manbaning ta'kidlashicha, hujum dengizdan amalga oshirilgan, bir necha raketa mo‘ljalgacha urib tushirilgan.
Samolyot bilan aloqa esa 17 sentabrda soat 23.00 atrofida, u Hmaymim bazasiga qaytayotganida Suriya sohilidan 35 km uzoqlikda O‘rta yer dengizi ustida yo‘qolib qolgan.
Shuningdek, samolyot Isroilning 4 ta F-16 samolyoti Lataqiyadagi obektlarga hujum qilayotgan vaqtda aviatsiyani boshqarish radarlaridan yo‘qolib qolgan. Bundan tashqari, shu vaqtda Rossiyaning havo hududini nazorat qilish radiolokatsion vositalari tomonidan bu hududda joylashgan fransuz fregati “Overn”dan raketalar uchirilgani qayd qilingan.
Ma'lum qilinishicha, samolyot bortida 14 harbiy bo‘lgan, ularning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Hmaymim bazasi qo‘mondonligi qidiruv-qutqaruv operatsiyasini tashkillashtirgan.
Mavzuga oid
09:13 / 26.03.2026
Rossiyadan naqd rubl olib chiqishga yangi cheklovlar joriy etildi
09:30 / 25.03.2026
Rossiya Jinoyat kodeksiga “sovet xalqi genotsidi” bo‘yicha yangi moddalar kiritilmoqda
21:03 / 24.03.2026
Konfet qog‘ozi rossiyalik ayolning qotilini aniqlashga yordam berdi
17:34 / 24.03.2026