Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad - Angliya va Uelsdagi eng mashhur 10 ismdan biri deb topildi
Foto: AP
Erkaklarga beriluvchi Muhammad ismi Angliya va Uelsda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilgan eng mashhur ismlar orasida sakkizinchi o‘rinni egalladi. Buyuk Britaniya Milliy statistik xizmati chorshanba kuni shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
O‘tgan yili Angliya va Uelsda jami 3908 nafar bolaga Muhammad ismi berilgan.
O‘g‘il bola chaqaloqlarning aksariyati, ya'ni 6,6 ming nafari Oliver deb nomlangan. Bundan tashqari, eng mashhur ismlar uchligiga Britaniya shahzodalarining ismlari - Harri va Jorj ham kiradi. Shuningdek boshqa taniqli ismlar orasida Jyek, Jyeykob, Noy, Charli, Tomas va Oskar ismlarini qayd etish mumkin.
Qiz bola chaqaloqlarga berilgan eng mashhur ismlar esa quyidagilar: Oliviya (5 mingdan ziyod), Ameliya (4,7 mingdan ziyod), Emili (3,5 mingdan ziyod). Shuningdek top-10 ismlar ro‘yxatidan Ayla, Ava, Izabella, Lili, Jyessika, Ella va Miya ismlari ham joy oldi.
Angliya va Uelsda o‘tgan yili jami 696 mingdan ziyod bola dunyoga kelgan.
Mavzuga oid
14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba
15:39 / 11.03.2025
Iste’fodagi politsiya iti o‘rmonda yo‘qolgan qariyaning hayotini saqlab qoldi
15:15 / 19.02.2025
Olimlar hayvonlarning hissiyotlarini aniqlaydigan sun’iy intellekt yaratdi
19:55 / 18.01.2025