Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iste’fodagi politsiya iti o‘rmonda yo‘qolgan qariyaning hayotini saqlab qoldi
12 yoshli nemis ovcharkasi o‘zining tug‘ilgan kunida yana bir qahramonlik ko‘rsatdi.

Foto: Peter Flude/The Guardian
Angliyada Ayiq laqabli 12 yashar nemis ovcharkasi keksa erkakning hayotini saqlab qolishga yordam berdi. Itning egasi Juliya Poup voqea haqida The Guardian nashriga aytib berdi.
Ayiq — 48 kiloli iste’fodagi politsiya iti. U kuchukcha paytidayoq xizmatga kirgan va umrining ko‘p qismini politsiyada o‘tkazib, jinoyatchilar va bedarak yo‘qolgan odamlarni qidirish bilan shug‘ullangan.
2020 yilda Ayiq nafaqaga chiqdi. O‘shandan beri u Julia Poupning uyida yashaydi — ayol ham turmush o‘rtog‘i bilan birga ilgari politsiyada xizmat qilgan. 2023 yil avgustda itda umurtqa churrasi aniqlangan. O‘shanda Ayiqqa jarrohlik amaliyoti kerak bo‘ldi, ammo u tez orada sog‘ayib ketdi. Bir necha oydan keyin Ayiqda xavfsiz o‘sma ham topildi. It yana bir operatsiyani boshdan kechirdi va uning sog‘lig‘ini tiklashga uzoq vaqt ketdi: 2024 yil noyabrgacha it uydan deyarli chiqmadi.
12-tug‘ilgan kuni munosabati bilan itning egalari unga kichkina sovg‘a tayyorlashga qaror qildi. Juliya bilan birga Ayiq o‘rmonga qisqa sayrga yo‘l oldi. Dastlab hammasi odatdagidek kechdi: it toza havodan to‘yib nafas olardi. Biroq bir payt u kutilmaganda to‘xtab, egasini o‘rmon ichiga tortib keta boshladi.
Juliya yerda cho‘zilib yotgan keksa odamga duch keldi. U adashib qolganini, yiqilib tushib, o‘rnidan tura olmayotganini aytdi. Erkakni topib olishganida, u allaqachon muzlay boshlagan, tanasida bir nechta tirnalgan joylar bor edi.
Itning egasi politsiyaga qo‘ng‘iroq qildi — ma’lum bo‘lishicha, erkak bir necha soatdan beri bedarak ketgan, uning oilasi allaqachon xavotirga tushgan edi. Politsiyachilarning qidiruvi ham natijasiz tugagan. Juliyaning ta’kidlashicha, agar Ayiq erkakni topmaganda, tunda uning omon qolishi dargumon edi.
Ayiq bilan birga Juliya erkakni eng yaqin avtoturargohga olib bordi, u yerda uni politsiyachilar va qarindoshlaridan biri kutib oldi.
“Mashinaga o‘tirishdan oldin erkak yana bir bor bizga minnatdorlik bildirish uchun ortiga o‘girildi. Ayiq esa pinagini ham buzmadi. U o‘z vazifasini ado etganidan keyin qornini qashlatish uchun yotib oldi”, — deb eslaydi Juliya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha oqshom Ayiq bayram steyki bilan mehmon qilingan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

10:36 / 12.07.2025
Rossiyada politsiyaga ushlanganlarni urushga jo‘natgani uchun pul to‘lanyapti

14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba

18:39 / 27.03.2025
Angliya politsiyachilari me’yoridan ortiq ishlayotgani sabab jinoyatlarni fosh eta olmayapti

14:35 / 15.03.2025