O‘zbekiston | 10:22 / 09.09.2022
17108
4 daqiqa o‘qiladi

Yotoqxona izlash talabaning muammosiga aylanmasligi lozim yoxud Qashqadaryo tajribasi

Har gal yangi o‘quv yili boshlanishi bilan talabalar uchun yotoqxona masalasini hal etish dolzarb masalaga aylanadi. Chunki oliy ta’limga talabalar qamrovi oshishi natijasida tabiiyki talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyoj ham oshib boradi. Ayni kunlarda aksariyat ijtimoiy tarmoqlarda yotoqxona muammosi asosiy mavzuga aylanib ulgurdi. Xo‘sh, bugun OTMlarda bu ehtiyojni to‘liq qondirishning imkoni bormi?

Foto: Qarshi davlat universiteti

Mazkur yo‘nalish doirasida Qarshi davlat universitetida amaliy harakatlarga asoslangan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Agar raqamlar misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, 2020 yilda oliy ta’lim muassasasiga qarashli 7 ta talabalar turar joyining quvvati 1057 o‘ringa teng bo‘lib, umumiy ehtiyojning atigi 33 foizi ta’minlangan edi. So‘nggi bir yil davomida talaba-yoshlarga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida hududda keng ko‘lamda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Jumladan, 2021 yilda 7 ta talabalar turar joyidagi mavjud yashash xonalarida ikki yarusli krovatlarni joriy etish va qo‘shimcha 2 ta yotoqxona binolarini optimallashtirish orqali 1253 ta o‘rin tashkil etildi hamda mavjud yotoqxonalarning umumiy quvvati 2457 o‘ringa (83 %) yetkazildi. 

Foto: Qarshi davlat universiteti

Joriy yil oktabr oyida universitet hududida jadal sur’atlarda yangitdan bunyod etilayotgan 660 o‘rinli barcha qulayliklarga ega, zamonaviy talabalar turar joyining foydalanishga topshirilishi natijasida talabalarning yotoqxona bilan qamrovi 100 %ga yetadi.

2022-2023 o‘quv yilida talabalarni yotoqxona va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha yoshlar masalasiga mas’ullar tarkibidan iborat ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish markazi tomonidan belgilangan mezonlar asosida dastlab ijtimoiy himoyaga muhtoj va boshqa viloyatlardan kelib o‘qiydigan yoshlar talabalar turar joylariga joylashtirilmoqda. Oliy ta’lim muassasasining ijara xonadon manzili, yashash sharoitlari asosida shakllantirilgan ijara.qarshidu.uz elektron platformasi orqali maqbul sharoitlarga ega ijara xonadonlarini topishga ko‘maklashilmoqda. 

Foto: Qarshi davlat universiteti
Foto: Qarshi davlat universiteti
Foto: Qarshi davlat universiteti

Ta’kidlash joiz, tizim foydalanuvchilarga qulay manzillarni oson aniqlash maqsadida Qarshi shahar kadastr ma’lumotlari HEMIS axborot tizimi bilan integrallashtirilgan. Shuningdek, ushbu tizim orqali talaba istiqomat qiladigan ijara xonadonining geografik joylashuvini aniqlash imkoni yaratilgan. Bu talaba bilan uzviy aloqa qilish imkonini beradi.

Hozirgi kunda respublikamiz OTMlarida ta’lim olayotgan talabalarning kattagina qismi olis tuman va qishloqlardan kelishadi. Bu talabalar o‘z oilasidan uzoq bo‘lgan vaqtda ta’lim olish hamda uy-ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalar kimning uyida va qanday ahvolda ijarada turishini ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring-chi. Talabalar yotoqxonalari nomiga, yetarli sharoitga ega bo‘lmagan yotoqxonalar bo‘lmasligi kerak. 

Foto: Qarshi davlat universiteti
Foto: Qarshi davlat universiteti
Foto: Qarshi davlat universiteti
Foto: Qarshi davlat universiteti

Shu o‘rinda Qarshi davlat universitetida bu borada amalga oshirilayotgan ijobiy sa’y-harakatlarni namuna sifatida ko‘rsatish o‘rinli bo‘ladi. 

Xulosa sifatida aytish mumkin, sarlavhada e’tirof etilganidek, talabalarning muammosi yotoqxona izlash emas, balki bor e’tiborni sifatli ta’lim olishga qaratishlari lozim.

Qarshi davlat universiteti axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid