Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oyoq ostidagi moratoriy: Qarshi davlat universitetida 38 tup daraxt kesib tashlandi
Ekologiya mas’ullari qonunbuzarlikka aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olgan, lekin ularning kimligi ochiqlanmadi.
Foto: Ekologuz Telegram-kanali
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi davlat universitetida ko‘plab daraxtlar kesilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya qo‘mitasi universitetdagi 38 tup daraxt kesib tashlanganini tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, 13-15 yanvar kunlari Davlat ekologiya qo‘mitasi inspektorlari holatni joyiga chiqib o‘rgangan.
Aniqlanishicha, QarDU tomonidan YaIDXP orqali davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni kesish uchun uch marta murojaat qilingan, Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi bu murojaatlarga rad javobini bergan. Shunga qaramay universitet hududidagi 38 tup daraxt noqonuniy kesilgan.
O‘simlik dunyosiga yetgan zarar 267 million 543 ming so‘m miqdorida hisoblangan. Huquqbuzarlikka aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olingan. Shuningdek, huquqbuzarlikka oid materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni kechki payt Andijonda tug‘uruqxona oldidagi 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlangan. Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Chinobod ko‘chalari kesishmasida ekilgan eldor qarag‘aylari kechki payt noma’lum shaxslar tomonidan kesib ketilgan. Har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Prezidentning 30 dekabrdagi farmoni bilan, O‘zbekiston hududida daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan, tartibni buzganlik uchun jarimalar 5 barobarga oshirilgan, yetkazilgan zarar 2 barobar qilib undirilishi belgilangan edi. Farmonda noqonuniy daraxt kesish holatlarini foto va videotasvirga olib jo‘natganlarga pul to‘lanishi ham ko‘zda tutilgan. Shunga qaramasdan joylarda hamon noqonuniy daraxt kesish holatlari to‘xtamayapti.
Mavzuga oid
18:30 / 08.01.2026
Surxondaryoda qo‘ylariga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan shaxs jarimaga tortildi
10:30 / 08.01.2026
Ekologiya qo‘mitasi: havo ifloslanishini noqulay meteosharoit kuchaytirmoqda
21:32 / 06.01.2026
«Qiyomat kuni» muzligining harakati tezlashgani qayd etildi
14:00 / 06.01.2026