Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 13 iyun kuni viloyat IIB va Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari iştirokida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda, Samarqand viloyati Nurobod tumanida yaşovçi şaxs ikki nafar fuqaroni tanişlari orqali Qarşi davlat universitetining Tarix hamda Boşlanğiç ta’lim fakultetiga öqişga kiritişini aytib, ulardan 10 ming dollar talab qilib, pulni olayotganda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqand, Toşkent va Andijon viloyatlarida pul evaziga fuqarolarni öqişga kiritmoqçi bölgan universitet öqituvçisi, talaba va texnikum direktori uşlangandi.

















