2021 yilda Qarşi davlat universitetida mavjud 7 ta talabalar turar joyining umumiy quvvati 1057 öringa ega bölib, umumiy ehtiyojning atigi 33 foizi ta’minlangan edi. Sönggi bir yil davomida talaba-yoşlarga munosib şart-şaroitlar yaratiş maqsadida hududda keng kölamda quriliş-ta’mirlaş işlari olib borildi. Jumladan, ikkita taşlandiq bino universitet tasarrufiga olinib, 770 örinli 2 ta talabalar turar joyiga aylantirildi.

Şuningdek, 2021 yilda talabalar turar joyidagi mavjud yaşaş xonalari ikki yarusli krovatlar bilan jihozlanişi natijasida 9 ta talabalar turar joyida jami 2438 ta örin taşkil etilib, umumiy ehtiyojning 83 foizi qamrab oldi.

Joriy yilda yangidan qurib foydalanişga topşirilgan mazkur 600 örinli talabalar uçun turar joyi qurilişiga universitet budjetdan taşqari homiylik mablağlari hisobidan 18 milliard 285 million söm sarflandi. Zamonaviy loyiha asosida qad rostlagan bu muhtaşam turar joy 2 milliard 419 million 668 ming sömlik mebel jihozlari, muzlatkiç, kir yuviş maşinalari, elektr plitalar, televizorlar va boşqa zaruriy aşyolar bilan jihozlandi. Qisqa muddat içida barpo etilgan körkam yotoqxonada talabalar böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun barça şaroit yaratilgan. Jumladan, zamonaviy axborot texnologiyalari, yuqori tezlikda işlaydigan Wi-Fi qurilmalari, yangi adabiyotlar bilan ta’minlangan öquv zallari, kir yuviş va dazmollaş xonalari, tibbiyot, duşxona, oşxona hamda dam oliş xonalari mavjud.

Ahamiyatlisi, mazkur turar joyning foydalanişga topşirilişi natijasida universitet talabalari uçun yotoqxonalar soni 10 taga yetdi va ularda 3038 nafar talaba yaşaşi uçun barça imkoniyatlar yaratildi. Natijada respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari içida birinçilardan bölib Qarşi davlat universitetida talabalarni yotoqxona bilan qamrab oliş darajasi 100 foizga yetdi.


Şu kuni universitetning tibbiyot fakulteti uçun har tomonlama qulay, yangi öquv binosi ham oçildi. Öquv binosida 2 ta ma’ruza zali, öndan ortiq auditoriyalar, biokimyo va mikrobiologiya öquv-laboratoriya xonalari mavjud.












