Davlat xizmatlari bilan bog‘liq sudga berilgan shikoyatlar uchun davlat boji 50 foizga arzonlashdi
Bugun, 17 mart kuni O‘zbekiston prezidenti «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida»gi qonunni imzoladi.
Qonunga ko‘ra, endilikda fuqarolar tomonidan davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga arizalar (shikoyatlar) berilgan taqdirda, davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida to‘lanadi.
Senatning o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimcha kiritish haqida»gi qonun ko‘rib chiqilgandi.
Senat davlat xizmatlarini ko‘rsatishda jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari sud tartibida himoya qilinishini ta’minlash uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati yuzaga kelayotganini qayd etgandi. Qonun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari murojaatlari tez fursatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlashi senatorlar tomonidan alohida ta’kidlangan.
Bunda, davlat boji stavkasining qolgan qismi belgilangan tartibda ishni ko‘rish natijasi bilan undiriladi.
Mavzuga oid
17:48 / 22.11.2024
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024