Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston – Turkiya maxsus xizmatlari hamkorligi: xalqaro qidiruvdagi fuqarolar ekstraditsiya qilinishi mumkin
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy, harbiy, madaniy aloqalar rivojlanishning yuqori bosqichlarida davom etmoqda, deb yozadi Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati.
2019 yilning fevral oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi bilan Turkiya davlatida bo‘lishi, o‘z navbatida, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelishi ikki musulmon davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamladi.
Shundan so‘ng tomonlarning huquq-tartibot idoralari rahbarlari ham bir necha bor ishchi uchrashuvlari o‘tkazib, hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, birgalikda xalqaro terrorizm hamda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga kelishib oldi.
Ikki davlat o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitim” imzolanib, kuchga kirdi.
Mazkur bitimga ko‘ra, endilikda tomonlar o‘z hududida aniqlangan va boshqa tomon tarafidan qidirilayotgan shaxslarni bir-birlariga ushlab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar.
Ta'kidlanishicha, hozirda maxsus xizmatlar o‘rtasida ishchan ruhdagi muloqotlar davom etayotgan bo‘lib, kelgusida Turkiya hududida bo‘lgan ko‘plab xalqaro qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga ekstraditsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
18:21 / 15.01.2026
Eron yiqilsa, nima bo‘ladi?
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
02:08 / 12.01.2026
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026