Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Naqd pulga uy-joy va avtomobil oldi-sotdisi bekor qilinadi
Naqdsiz hisob-kitoblar ommalashtiriladi.
2026 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekistonda bir qator to‘lovlar faqat naqd pulsiz shaklda qabul qilinadi. Bu prezidentning 10 dekabr kuni imzolangan «Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Shu kundan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:
▪️ davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
▪️ elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;
▪️ alkogol va tamaki mahsulotlari;
▪️ transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar;
▪️ qiymati 25 mln so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar;
▪️ ko‘chmas mulk obektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar 2030 yilgacha yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
- yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga qisqartirish;
- savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida aholi tomonidan to‘lovlarni naqd pulsiz amalga oshirish ulushini 75 foizga yetkazish.
Barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR kod joriy qilinadi
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvargacha barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR kod joriy qilinadi.
2026 yil 1 yanvardan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar tomonidan banklarda generatsiya qilingan yagona QR kod orqali elektron to‘lovlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda 2026 yil 1 iyuldan:
- barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslarda yagona QR kodli to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilish ham majburiy etib belgilanadi;
- yagona QR kodlardan foydalanilmayotgani savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi.
2026 yil 1 yanvardan 1 ta tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil turdagi tovarlarga muvofiqlik va ekologik sertifikat 1 yildan oshmagan muddatga 1 marta beriladi.
2026 yil 1 martdan soliq organlari xodimlari hamda Navoiy va Chirchiq shaharlarida hisobga qo‘yilgan jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.
Mavzuga oid
19:09 / 10.12.2025
O‘zbekistonda yagona QR kod orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi
17:52 / 28.07.2025
Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma
12:24 / 08.01.2025
“Jarima chiptasizlar uchun” – Toshkent avtobuslarida yo‘lkirani naqd pulda to‘laydiganlarga jarima solinishi rad etildi
17:00 / 07.12.2024