Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yagona QR kod orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi
2026 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistondagi barcha savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR kod joriy etiladi. 1 iyuldan boshlab bunday QR koddan foydalanmaslik savdo qoidalarini buzish deb baholanadi.
O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi barcha korxonalar uchun elektron to‘lovlarni qabul qilishda yagona QR kod joriy etiladi. Bu haqda prezidentning 10 dekabrda qabul qilingan «Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida belgilandi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab barcha kompaniyalar banklarda generatsiya qilingan yagona QR kod orqali elektron to‘lovlarni qabul qiladi. 2026 yilning 1 iyulidan ushbu talab majburiy bo‘ladi va QR koddan foydalanmaslik savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yildan 1 ta tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil turdagi tovarlarga muvofiqlik va ekologik sertifikat 1 yildan oshmagan muddatga 1 marotaba beriladi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning shu farmoni bilan 2026 yil 1 apreldan ko‘chmas mulk va transport vositalari bilan bog‘liq bitimlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Qiymati 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan tovarlar va xizmatlar, benzin sotib olish va boshqalar uchun to‘lovlar ham naqd pulsiz shaklga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026