Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Professional ta'lim muassasalariga o‘qishga qabulni tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlanadi
Professional ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining professional ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Moliya vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab professional ta'lim muassasalarida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tahsil oladigan o‘quvchilarni qabul qilish kvotalarini tasdiqlash uchun ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Professional ta'lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda hamda 2021 yildan boshlab har yili 15 yanvarga qadar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari asosida mahalliy mehnat bozori ehtiyojlariga, o‘quvchilarning qiziqishlari hamda ish beruvchilarning buyurtmalariga asosan Professional ta'lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga muvofiq o‘quvchilarni qabul qilish kvotalari bo‘yicha takliflarni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga taqdim etadi;
tizimida kollejlar, oliy ta'lim muassasalari huzuridagi texnikumlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda hamda 2021 yildan boshlab har yili 15 yanvarga qadar o‘z ehtiyojlari, yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalari doirasida davlat grantlari asosida professional ta'lim muassasalarining qabul kvotalarini kasblar va mutaxassisliklar kesimida Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hududlar kesimida, professional ta'lim muassasalari, kasblar va mutaxassisliklar doirasida davlat grantlari bo‘yicha qabul kvotalarini ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;
professional ta'lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilar qabul qilinadigan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati mazkur muassasalarning o‘quvchi o‘rni va zaruriy moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda tizimida kollejlar, oliy ta'lim muassasalari huzuridagi texnikumlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda professional ta'lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilishni tashkil qilish bo‘yicha dasturiy ta'minotni 2020 yilda respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan yaratish choralarini ko‘radi;
2021 yil 1 yanvarga qadar oliy ta'lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni bitirgan o‘quvchilarni tamomlagan mutaxassisligi bo‘yicha tegishli oliy ta'lim muassasasiga suhbat asosida qabul qilish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini kiritadi;
Har yili 10 yanvarga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamda yirik ish beruvchi muassasalarning asoslangan takliflari asosida Professional ta'limning yo‘nalishlari, kasblari va mutaxassisliklari klassifikatorini qayta ko‘rib chiqadi hamda zarur hollarda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi.
Moliya vazirligi 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab davlat grantlari asosida belgilangan qabul kvotalari va kam ta'minlangan oilalardan o‘quvchilarni bepul asosda ta'lim olishlarini hisobga olgan holda davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
13:31 / 11.03.2026
Poytaxtda ta’lim xizmatlari bo‘yicha yetakchi tuman aniqlandi
19:02 / 06.03.2026
Jazo o‘tayotgan ayollarga oliygohlarda o‘qish imkoniyati yaratiladi
18:59 / 06.03.2026