Lavrov «zaharlangan» Rossiya-AQSh munosabatlari haqida gapirdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya-Amerika munosabatlariga baho berdi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» Sharqiy iqtisodiy forum-2018dan.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, «sal nimadir noto‘g‘ri bo‘lsa» majburiy choralar qo‘llayotgan Amerika tomonining siyosati uzoq muddatli muvaffaqiyatga olib kelmaydi. Vazirning ta'kidlashicha, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar hozirgi paytda «eng zaharlangan» holatda turibdi.
«Menimcha, bu yerdagi boshqa mamlakatlar fuqarolari Rossiya va Qo‘shma Shtatlar bunday inqiroz holatida bo‘lib turganidan xursand emasligi, bu hech kimga yoqmayotgani aniqdir», - deya ma'lum qildi Lavrov.
Shuningdek, u bu ikki mamlakat xalqlariga munosib emasligini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov AQShni dollar manipulyatsiyasida ayblagandi.
Mavzuga oid
21:21
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42