Jahon | 08:08 / 05.09.2018
17268
1 daqiqa o‘qiladi

Katta o‘yin. Lavrov AQShni dollar manipulyatsiyasida aybladi

Foto: svpressa.ru

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Amerika tomoni dollar yordamida o‘ziga noqulay bo‘lgan davlatlarni jazolamoqda. Bu haqda «RIA Novosti» «Katta o‘yin» dasturiga asoslanib xabar bermoqda.

Lavrovning so‘zlariga qaraganda, dollar xalqaro valyuta-moliya tizimi bo‘lib, uzoq vaqt davomida jahon hamjamiyati Qo‘shma Shtatlar asosiy zaxira valyutasi emitentining majburiyatlarini bajarishiga umid qilgan.

«Hozir dollar bilan nimalar yuz bermoqda? Dollar Vashington tomonidan manipulyatsiya qilinyapti», - dedi Lavrov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi paytda AQSh dollarni jazo sifatida qo‘llab, zarur bo‘lganda, bu valyutadagi barcha bank operatsiyalarini to‘xtatib qo‘ymoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov AQShni shantajda ayblagandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid