Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
Yuk mashinasi aprel oyida Astraxan viloyatidagi chegara punktidan o‘tgan, ammo karantin manziliga yetib bormagan.
Rossiyada O‘zbekistondan kirgan, ammo majburiy karantindan o‘tmagan 1728 ta asalari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda.
Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasi aprel oyi boshida Astraxan viloyatidagi chegara punktidan o‘tgan. Shundan so‘ng mashina Kurgan viloyatidagi qishloqqa karantinga yuborilishi kerak edi, biroq u manzilga yetib bormadi.
Kanalning ta’kidlashicha, olib kirilgan asalarilar uchun karantin majburiy, chunki janubiy hududlardan kelgan hasharotlar «xavfli infeksiyalar va parazitlarni» tarqatishi mumkin.
Mahalliy aholining aytishicha, Kurgan viloyatidagi karantin hududi asalarilarni sanitariya muolajalari uchun qabul qilishga tayyor bo‘lmagan. U yerda asalari uyalari va zarur jihozlar yo‘q.
Shundan so‘ng, jamoatchilik vakillari «Rosselxoznadzor»ga murojaat qildi. Shuningdek, asalarichilar tomonidan IIV va prokuraturaga arizalar yuborilgan. Hozir yuk mashinasi va haydovchisi butun mamlakat bo‘ylab qidirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, asalarilar kasallik va parazitlarning yashirin tashuvchisi bo‘lishi, nazoratsiz olib kirilsa, mahalliy asalari oilalarining ommaviy qirilishiga olib kelishi va asal ishlab chiqarishga xavf tug‘dirishi mumkin.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
10:10 / 10.07.2026
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30 / 10.07.2026