Kuchli yomg‘ir tufayli 6 ta hududda qariyb 67 ming iste’molchi “svet”siz qoldi
Avariyali o‘chish oqibatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 66 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzilgan.
Respublikaning turli hududlarida ko‘plab iste’molchilar elektr energiyasi ta’minotidan vaqtinchalik uzildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:00 holati bo‘yicha mamlakat bo‘ylab yuz berayotgan kuchli yomg‘ir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 274 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chiq qolmoqda.
Oqibatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi 66 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilmoqda.
Mavzuga oid
14:00 / 28.10.2024
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati ko‘tariladi
21:35 / 09.10.2024
Sahroyi Kabirda kuchli yog‘ingarchilik - fotosuratlar
23:15 / 05.09.2024
Poyezdlar to‘xtab turganida ham konditsioner o‘chmaydigan bo‘ladi - O‘TYY rahbari
08:47 / 23.08.2024