Iste’molçilarga suv ta’minoti va oqova suvni çiqariş xizmatlari körsatiş qoidalariga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalarga köra:
- yangi qurilayotgan köp kvartirali uylarning sovuq suv hisoblagiçlari kvartira taşqarisida (zinapoyalar, yertölalar va boşqa qismida) örnatilgan holatlarda hisoblagiç va plombalarni saqlaş böyiça javobgarlik içimlik suv ta’minoti va oqova suvni çiqariş markazlaştirilgan tizimlaridan foydalaniş sohasida suv quvurlari — kanalizatsiya xöjaligi taşkilotlari zimmasiga yuklanadi;
- ilgari I guruh iste’molçilari, bönak tariqasida, kommunal xizmatlar uçun 12 oydan köp bölmagan muddatga tölovlarni avvaldan amalga oşirib qöygan bölsalar, ular şu vaqt mobaynida tariflar (şuningdek, maxsus ustama miqdori)ning özgarişi tufayli tölanadigan qöşimça tölovlardan ozod etilgan bölsalar, endilikda uşbu davr 2 oyni taşkil etadi.
Ma’lumot uçun: I guruhga — xususiy uy-joylarda va köp kvartirali uydagi xonadonlarda yaşaydigan jismoniy şaxslar kiradi.
Şuningdek «Xorazm viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qiliş» va «Namangan viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qiliş» loyihalari va hududlardagi boşqa loyihalar muddatlari uzaytirilmoqda.
2018 yilda uşbu ikki loyihani amalga oşiriş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan 120 mln AQŞ dollari qarz oliş töğrisida kelişuv imzolangan bölib, uşbu loyihalarni amalga oşirişning dastlabki muddati 4 yilni taşkil etgan (2019-2022 yillar).











