Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlarga har kuni tegishli hududning kriminogen vaziyati bilan shaxsan tanishish majburiyati yuklatildi
Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qaroriga muvofiq, hokimlarga har kuni tegishli hududning sutka davomidagi kriminogen vaziyati bilan shaxsan tanishish majburiyati yuklandi.
Bunda ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarga alohida e'tibor qaratish lozimligi belgilab qo‘yildi.
Hujjatga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli hududda sodir etilgan, birinchi navbatda ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning sabablari va sharoitlarini o‘rganib, huquqqa xilof harakatlarni keltirib chiqargan omillarni aniqlashtiradi hamda mas'ul tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatsizligiga nisbatan choralar ko‘radi.
Shuningdek, huquqqa xilof holatlar bo‘yicha o‘z vaqtida ta'sir choralarini ko‘rish va ularning salbiy oqibatlariga barham berish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi organlar va muassasalarni jalb qilish hamda ularning hamkorligini tashkil etish borasida ta'sirchan chora-tadbirlarni ko‘rib, mazkur yo‘nalishda shaxsiy nazorat o‘rnatadi.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025