Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Al-Azhar va O‘zbekiston o‘rtasida yangi ilmiy loyihalar boshlanadi
Misrdagi islom olamining nufuzli ilmiy-diniy markazi - Al-Azhar rahbariyati O‘zbekiston bilan ilmiy va ma’rifiy sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Bosh imom shayx Ahmad at-Tayyib O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuvda ta’lim va ilm-fan sohasidagi qator qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi. Jumladan, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi:
- ulamolar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
- o‘zbek talabalarining Al-Azharda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash;
- qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
- konferensiyalar, master-klasslar va o‘quv seminarlarini tashkil etish.
O‘zbekiston tomoni uchrashuv davomida mamlakatda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ekstremizm va radikal g‘oyalarning oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, yoshlar bilan ishlashda ma’rifatning o‘rni haqida ma’lumot berdi.
Shayx Ahmad at-Tayyib O‘zbekiston bilan hamkorlikni tarixan muhim aloqa sifatida baholab, ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy va ta’limiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida:
- qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
- akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
- talabalar va mutaxassislar uchun qo‘shimcha grantlar ajratish;
- ma’rifiy tadbirlarini muntazam o‘tkazish bӯyicha kelishib olganini bildirdi.
Mavzuga oid
10:33
Saida Mirziyoyeva Qohirada Al-Azhar bosh imomi bilan uchrashdi
20:30 / 08.12.2025
Saida Mirziyoyeva Misrda «Al-Azhar» majmuasi rahbari bilan uchrashdi
15:10 / 19.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning Al-Azhar majmuasiga qabul qilinishi tartibga solinadi
14:48 / 23.03.2023