Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Misrda «Al-Azhar» majmuasi rahbari bilan uchrashdi
Ma’rifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoyalashda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qohirada Misr bosh imomi, «Al-Azhar» majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashdi.
«Shayx hazratlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdim.
O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasida ma’naviyat va fan-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik. Ma’rifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.
Qo‘shma dasturlar, akademik almashinuvlar va qo‘lyozmalarni o‘rganishni kengaytirish borasida o‘zaro manfaatdorlik bildirildi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.





Mavzuga oid
18:37 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
21:46 / 25.06.2026