Mamlakat elçixonasi kömagida Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita va Misrning Al-Azhar majmuasi örtasida anglaşuv memorandumi imzolandi.

Hozirgi kunda Al-Azhar majmuasi bilan kadrlar tayyorlaş, ularning kasb-mahoratini oşiriş, xalqaro konferensiya va seminarlar ötkaziş böyiça yaqin hamkorlik örnatilgan.

Imzolangan anglaşuv memorandumi diniy ta’lim oliş istagidagi özbekistonlik yoşlarning Al-Azhar majmuasi va uning tarkibidagi öquv muassasalariga qabul qilişni tartibga soladi.

Hujjatda ta’lim yönalişida özaro axborot va tajriba almaşiş, birgalikda xalqaro anjumanlar taşkil qiliş, buzğunçi soxta diniy ğoyalar va ekstremizm körinişlari tarqalişining oldini olişga qaratilgan tarğibot işlarini amalga oşiriş va islom merosini çuqur örganiş böyiça ilmiy tadqiqotlar ötkaziş kabi bir qator vazifalar belgilagan.