Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda akademik litseylarga qabul boshlandi
Qabul jarayonlari 10 iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Foto: muallimlar.uz
Bugun, 10 iyundan 2025-2026 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga, quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklash lozim:
3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar - fan olimpiadasi g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda:
o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak);
va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
Abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Qabul jarayonlari 10 iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Mavzuga oid
14:48 / 10.11.2025
Endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
16:00 / 18.10.2025
Bolalarni davlat maktablariga qabul qilishda eskirgan tartibotlar bekor qilinadi
12:38 / 16.09.2025
OTMga xorijiy fuqarolarni yangi portal orqali o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi
18:11 / 15.09.2025