Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Peugeot Citroen Automotive korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
13 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive korxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qaror matni Prezident rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.
Bundan avvalroq, “O‘zavtosanoat” AK va “Pejo Sitroyen” Gruppasi o‘rtasida O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish bo‘yicha kelishuv imzolangani haqida xabar berilgan edi.
Jami qiymati 133,3 million yevro bo‘lgan «O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish» investitsiya loyihasi Jizzax viloyatidagi «Jizzax» EIZ hududida amalga oshiriladi. Qo‘shma korxonaning ustav kapitali 29,3 million yevroni tashkil etadi. «Jizzax» EIZ hududida zavod qurilishi uchun 45 gektar yer maydoni ajratiladi.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 1 mayga qadar investitsiya loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi va shu bilan bir vaqtda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston rahbari O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Peugeot Citroen Automotive S.A. va «O‘zavtosanoat» AJ o‘rtasida tuzilgan, O‘zbekiston hukumati tomonidan UzPCA MChJga taqdim etiladigan xorijiy investorning muayyan majburiyatlarini va davlat ko‘magi bo‘yicha chora-tadbirlarni aks ettiruvchi investitsiya bitimini tasdiqladi.
Shavkat Mirziyoyev loyiha ishtirokchilari uchun qator soliq va bojxona imtiyozlarini va preferensiyalarini taqdim etdi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025