“Özavtosanoat” AK va Fransiyaning “Pejo Sitroyen” guruhi örtasida Özbekistonda yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqaruvçi qöşma korxona barpo etiş böyiça bitim imzolandi. Bu haqda Kun.uz'ga “Özavtosanoat” matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi «Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive» qöşma korxonasi “Peugeot Citroen” guruhi va “Özavtosanoat” AK tomonidan barpo qilinmoqda.
Hujjatga köra, yangi korxona “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida, Toşkentdan 200 km. uzoqlikdagi hududda quriladi.
Zavod “Peugeot” va “Citroyon” brendlari ostida yölovçi va yuk taşişga möljallangan yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqarişga ixtisoslaştiriladi.
Ustav kapitali 30 mln yevroga teng qöşma korxona har ikki tomonning teng uluşi asosida faoliyat yuritadi. Loyiha böyiça umumiy investitsiya qariyb 130 mln yevroga teng.
“Pejo Sitroyen” guruhi yangi texnologiyalar, zamonaviy işlab çiqariş jarayonlarini joriy qilişda va mutaxassislar malakasini oşirişda kömak körsatadi. Zavod işlab çiqarişni boşqariş, mahsulot sifati, yetkazib beriş va savdo masalalarida “Pejo Sitroyen”ning zamonaviy tizimi böyiça iş olib boradi. Şu bilan birga, avtomobil ehtiyot qismlarini işlab çiqaruvçi mahalliy korxonalarni jalb qiliş yöli bilan birinçi yilning özidayoq yangi qöşma korxonada 50 foizga mahalliy mahsulotlardan foydalaniş közda tutilgan. Bugungi kunda “Özavtosanoat” AK tarkibida 30 ga yaqin yirik zavodlar va 160 dan ortiq örta va kiçik korxonalar aynan mahalliylaştiriş dasturi asosida iş olib boradi.
Qurilişi rejalaştirilayotgan qöşma korxonada yiliga 16 000 ta avtomobil işlab çiqariladi. Ularni Özbekistonda, şuningdek, uzoq va yaqin xorij davlatlaridagi eksport bozorlarida sotiş rejalaştirilmoqda.
32 millionlik aholiga ega Özbekistonda sanoatni va avtomobil bozorini rivojlantiriş uçun yetarliça salohiyat va imkoniyat bor.
“Yengil tijorat avtomobillari segmenti Özbekistonda özlaştirilmagan yagona transport vositasining turi edi. Uşbu loyihaning tatbiq etilişi mahalliy avtomobil sanoati rivojida yana bir dadil qadam böladi. Aholi bandligini ta’minlaşga xizmat qiluvçi yangi qöşma korxona Özbekiston sanoatining yanada rivojlanişiga öz hissasini qöşadi”, - deya ta’kidladi “Özavtosanoat” AK boşqaruvi raisining örinbosari Rustam Yusupov.
“Uşbu loyiha bizning 5 yillikka möljallangan taraqqiyot dasturimizga töla mos keladi va bu “Pejo Sitroyen” guruhi uçun yengil tijorat avtomobillarining savdosini rivojlantiriş va hududiy kengayiş uçun yana bir katta imkoniyatdir. Biz qöşma korxona taşkil etilişida asosiy faktor bölgan Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning şaxsan qöllab-quvvatlaşlarini hamda özbek hamkorlarimiz bilan konstruktiv muloqotni juda yuqori baholaymiz”,

















