O‘zbekiston | 10:15 / 03.10.2019
19620
3 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyatida sel suv ombori quriladi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, bosh loyiha tashkiloti “O‘zsuvloyiha” AJ tomonidan 13,15 mln. kub metr hajmdagi sel suv ombori qurilishi nazarda tutilgan “Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqilgan.

“Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan tasdiqlanadi.

Loyihani amalga oshirish muddati 2023 yil 30 aprel qilib belgilanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bosh loyiha tashkiloti “O‘zsuvloyiha” AJ bilan birgalikda 2020 yilning 1 iyuliga qadar tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq ishchi hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini hamda vakolatli ekspertiza organlaridan belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq talab etiladigan kapital qo‘yilmalarni buyurtmachi va bosh loyihachi tomonidan taqdim etilgan aniq hisob-kitoblar asosida 2020 – 2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirish jarayonida ajratilishini nazarda tutadilar.

Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Hamroyev hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov loyihani amalga oshirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi, shuningdek, loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradilar.

Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziri A.J. Ramatov, suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Hamroyev, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklanadi.

Mavzuga oid