Kun.uz surxondaryolik yolğiz ona Iroda Şaripovaning unga nisbatan Qiziriq tumani sudi tomonidan çiqarilgan qarordan noroziligi yuzasidan murojaatini e’lon qilgan edi. Viloyat sudi kanalida berilgan xabarga köra, mazkur iş Surxondaryo viloyat sudining kassatsiya instansiyasida körib çiqiladi.
“11 dekabr kuni sudlangan I. Şaripova tomonidan sudning hukmiga nisbatan kassatsiya tartibida şikoyat berilgan bölib, ayni paytda mazkur şikoyat jinoyat işlari böyiça Qiziriq tuman sudi tomonidan Surxondaryo viloyat sudining kassatsiya instansiyasida körib çiqiş uçun rasmiylaştirilmoqda.
Demak, birinçi instansiya sudi hukmining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligiga yuqori instansiya sudi tomonidan huquqiy baho beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Uzun tuman obodonlaştiriş bölimi qabriston nazoratçisi Abubakr Hotamov iş davrida Termizdagi diniy maktabda öqigan va buni taşkilotdan berkitgan. Uning faoliyatini nazorat qiliş öşa paytda tuman obodonlaştiriş bölimining kadrlar böyiça mutaxassisi Iroda Şaripovaning vakolatiga kirmagan, rahbariyat ham bu yerda bee’tiborlik qilganini tan olgan va kamomad qoplangan. Ammo Iroda aybdor deb topilib, jazolangan.

















