Jamiyat | 16:49 / 25.09.2017
7722
2 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat vaziri va talabalar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-5106-son farmoni hamda Madaniyat vazirligining 2017 yil 7 iyuldagi № 417-sonli buyrug‘iga asosan vazirlik tasarrufidagi tizim tashkilotlar va sohada ta'lim olayotgan hamda mehnat qilayotgan ijodkor yoshlar bilan vazirlik rahbariyati O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Ochiq muloqot o‘tkazdi.

Ochiq muloqotni tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e'tiborga olgan holda hamda davlat va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning barchasi xalq manfaati va yoshlarning farovonligi yo‘lida ekanligini, shunindek, aholi va yoshlarning hukumat tashkilotlari va davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada orttirishdir.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va vazirlikning tegishli boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi va yoshlarning muammolari, rejalari, sohani rivojlantirishga oid takliflari  yuzasidan erkin savol-javoblar orqali fikr almashishdi. Jonli muloqotda, Madaniyat vaziri talabalarning bir qator taklif, savol va muammolarga yechimini topib berdi. Tizimdagi oliy o‘quv yurtining rektor va prorektorlariga tegishli topshiriqlar berildi. Talabalar bunday tarzda o‘tiladigan ochiq muloqotlarni ko‘paytirish va kelgusida viloyatlarda ham tashkil etishni so‘rashgan.

Mavzuga oid