Qayd etilişiça, har yili “20 avgust – Tadbirkorlar kuni” doirasida Özbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan “Oçiq muloqot” tadbirini ötkaziş möljallanmoqda.

Bunda, “Oçiq muloqot” davomida bildirilgan takliflarni amalga oşiriş yuzasidan “Yöl xaritasi” tasdiqlanadi, har bir hudud böyiça aniq rejalar va erişiladigan maqsadli körsatkiçlar belgilab olinadi, yangi taşabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, tadbirkorlarning fikr-mulohazalari ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.

Hududlarda yangi sanoat zonalarini taşkil etiş ham közda tutilgan. Bunda, respublika böyiça qöşimça 200 ta sanoat zonalari taşkil etiladi.

Xususan, sanoat zonalarining har biriga kamida 15 ta korxona joylaştiriladi, elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yöl infratuzilmasi yetkazib beriş töliq davlat budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi (buning uçun 2022 yilda 1,5 trln söm ajratiladi).

Ilğor xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyoti rivojlantiriladi. Faktoring bozorini rivojlantiriş böyiça yetakçi tajribaga ega xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda faktoring bozorini rivojlantiriş borasida banklar, nobank kredit taşkilotlari va ularning mijozlari faoliyatida mavjud muammo va tösiqlar örganiladi, banklar va mikrokredit taşkilotlari tomonidan faktoring xizmatlari kölami kengaytiriladi, faktoring bozorini rivojlantiriş va elektron faktoringni joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqiladi.