Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya butun dunyoni Suriya oldidagi majburiyatlarni bajarmaganlikda aybladi
Foto:RIA
Turkiya xalqaro hamjamiyatni Suriyaga gumanitar yordam berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaslikda aybladi. Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Vaysi Kaynak 3 mln dan ko‘proq suriyalik qochqinni qabul qilgan Turkiya "yolg‘izlatib qo‘yilganini" aytdi.
Kaynak Yaman bo‘yicha gumanitar anjumandagi nutqida Turkiya ayni vaqtda 3 mln dan ko‘proq suriyalikni qabul qilganini ma'lum qildi.
"Bizni Turkiyaning yolg‘izlatib qo‘yilgani ranjitmoqda. Suriya borasida berilgan va'dalar bajarilmadi. Suriyaga beriladigan yordamga zarur hissa amalga oshirilmagan", deb aytdi Kaynak.
Suriyadagi qurolli ixtilof 2011 yil martidan beri davom etmoqda. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, ixtilof davomida 220 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan. Suriya bilan qo‘shni davlatlar gardaniga qochqinlarni qabul qilish va saqlash bo‘yicha asosiy yuk tushmoqda. BMT rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, Iordaniya 630 ming suriyalikni qabul qilgan. Biroq Iordaniya hukumati 1,4 mln suriyalikni qabul qilganini ta'kidlamoqda. Turkiya esa 2,8 mln suriyalikni qabul qilgan. Suriyaliklarni shuningdek Livan, Iroq va Misr ham qabul qilmoqda.
Mavzuga oid
19:27
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
09:45 / 31.03.2026
Germaniya kansleri suriyalik qochqinlarni uyiga qaytishga chaqirdi
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026