FT: Shveytsariyaning Credit Suisse bankiga o‘zbekistonlik mijozlarni jalb qilish taqiqlandi
Shveytsariyaning UBS guruhi Credit Suisse bankini sotib olgach, pul yuvish va korrupsiya xavfini cheklash maqsadida bankka xavf darajasi yuqori bo‘lgan qator mamlakatlar, xususan O‘zbekistondan yangi mijozlarni jalb qilishni taqiqladi.
Shveytsariyaning eng yirik UBS banki o‘z raqibi Credit Suisse bankini sotib olishni tugatganidan so‘ng, o‘z xodimlariga qattiq cheklovlar, jumladan, xavf darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlardan yangi mijozlarni jalb qilishni taqiqladi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Pul yuvish, poraxo‘rlik va korrupsiya xavfini cheklash maqsadida xodimlarga xavf darajasi yuqori bo‘lgan qator mamlakatlardan yangi mijozlarni jalb qilish taqiqlangan. Bunday davlatlar qatoriga O‘zbekiston ham kiritilgan. Ro‘yxatda Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Albaniya, Belarus, Burkina-Faso, Kongo Demokratik Respublikasi, Salvador, Eritreya, Efiopiya, Gvineya, Gaiti, Iroq, Kosovo, Liviya, Moldova, Myanma, Nikaragua, Falastin, Rossiya, Janubiy Sudan, Shri-Lanka, Sudan, Tojikiston, Turkmaniston, Venesuela, Yaman va Zimbabve ham bor.
Shuningdek, ehtimoliy pul yuvish holatlariga qarshi kurashish maqsadida Ukraina siyosatchilari va davlat kompaniyalariga ham xizmat ko‘rsatish taqiqlangan.
UBS va Credit Suisse 2023 yil 19 martda birlashganini e’lon qildi. Bunda Credit Suisse 3,2 milliard dollarga baholandi, bu bank bozor kapitallashuvi qiymatining yarmiga teng. Bunga Credit Suisse bankining ko‘plab moliyaviy muammolari sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:11 / 23.11.2024
O‘zbekiston va Shveytsariya shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldi
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
18:03 / 14.10.2024
Shveytsariyada rekord darajada kuchli lazer yaratildi: u nimaga kerak?
14:50 / 25.09.2024