Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Nexia-2 urib yuborgan to‘rt kishi halok bo‘ldi. Ulardan ikki nafari bolalar
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi qamoqqa olingan.
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida Nexia-2 mashinasi urib yuborgan to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 3 yanvar kuni soat 18:20 larda M-39 “Toshkent-Termiz” xalqaro avtomobil yo‘lining Yakkabog‘ tumani “Mevazor” MFY hududidan o‘tgan 1 139-kilometrida sodir bo‘lgan.
Yakkabog‘ tumani “Alakuylak” MFYda yashovchi fuqaro Nexia-2 mashinasi bilan Shahrisabz-Yakkabog‘ yo‘nalishida harakatlanayotib, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga o‘tayotgan Yakkabog‘ tumani “Navro‘z” MFYda yashovchi J.X., M.M., voyaga yetmagan Sh.S., Sh.X.ni urib yuborgan.
Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan uch nafar fuqaro voqea joyida, bir nafari shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, haydovchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
15:31 / 29.11.2025
Qashqadaryo vohasida 2300 yillik qal’a-shahar qoldiqlari topildi
08:10 / 17.11.2025