O‘zbekistonda mobil raqam qariyb 1,1 mlrd so‘mga sotildi
Onlayn auksionda +998200000000 mobil raqami 1 mlrd 70 mln so‘mga sotildi. Shuningdek, xaridor 32,4 mln so‘m komissiya yig‘imini ham to‘lashi kerak bo‘ladi.
Tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan onlayn auksionda +998200000000 mobil raqami 1 mlrd 70 mln so‘mga sotilgan. Auksion qoidalariga ko‘ra, xaridordan komissiya yig‘imi (bu yerda 32,4 mln so‘m) ham undirilishi ko‘zda tutilgan. Mijoz jismoniy shaxs ekani ko‘rsatilgan.
Tovar-xomashyo birjasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, auksion g‘olibi tomonidan to‘lov amalga oshirilsa, bu birja rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi. Mijoz belgilangan miqdordagi to‘lovni 5 ish kuni ichida qilishi kerak.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda mobil raqamlarni auksion orqali sotish jarayoni 2019 yilning 4 iyunidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan. Auksion onlayn shaklda mobilraqam.uzex.uz veb-sayti orqali o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024
Toshkentda 230 ta qoidabuzarlik qilgan ayol haydovchining Lacetti’si xatlanib, auksionda sotib yuborildi
20:51 / 01.08.2024
2024 yilning dastlabki 6 oyida avtoraqamlar savdosi 3 barobar oshdi
13:25 / 21.05.2024