Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabib Nurmagomedov uysiz nochorlarni mazax qildi. Muxlislar uni qoralashmoqda
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni, rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov va uning tug‘ishgan ukasi Abubakar Nurmagomedov tvitterdagi The MMA Bible akkaunti orqali tarqalgan videodan keyin tanqidlar ostida qoldi. Videoda Abubakar uysiz nochorlarni pul evaziga jismoniy mashqlarni bajarishga undaydi, bu holatda kamera ortida bo‘lgan Xabib tinimsiz kuladi.
Xunuk ish
Bu video Xabibning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e'lon qilingach, tanqidlar boshlanib ketdi. Tez orada video o‘chirildi, lekin muxlislar rossiyalik sportchiga nisbatan «kompromat»ga ega bo‘lib ulgurgandi. Qolaversa, sportchilar ham uni tanqid qilishga qo‘shildi.
Jumladan, shvetsiyalik jangchi Jyek Xermansson ham Nurmagomedovlarni qoralab chiqdi.
«Juda xunuk qiliq. U har kuni mashg‘ulotlar vaqtida odamlar zalda qanday mashq qilayotganini ko‘rib kulmagan, endi esa u buni kulgili demoqda, chunki otjimaniyani uysiz kishilar qilishmoqda», deya yozgan Xermansson.
«Hamisha Xudo haqida gapirib yurgan odamning bunday ish tutishini ko‘rish men uchun og‘riqli», deydi muxlislardan biri.
Jiddiy xato
Internet foydalanuvchilari orasida bu harakatni «jiddiy xato» sifatida baholaganlar ham bor.
«U biroz avvalroq bergan intervyusida kamtarlik hamda yosh avlodga o‘rnak bo‘lish haqida gapirgandi. Men Xabibning muxlisiman, ammo uning bu harakati - jiddiy xato bo‘ldi», deydi ulardan biri.
«Uysizlarni mazax qilish - pastkashlik. Umid qilamanki, Konor unga ko‘rsatib qo‘yadi», deyiladi izohlardan birida.
Rossiyalik jangchi Aleksandr Yemelyanenko esa Xabibning harakatida qo‘rqinchli narsa ko‘rmayotganini aytgan.
«Buning nimasi yomon. Bu harakat va pastkashlik orasida bog‘liqlik ko‘rmayapman. Ular o‘zlari istab, mashq qilishmoqda. Bu bekorchilarning tanqidlariga tushunmayapman», degan u ReN TV uchun bergan intervyusida.
Xuddi shu vaqtda boshqa bir rossiyalik sportchi, xokkeychi Aleksandr Ovechkin bilan bir yil oldin sodir bo‘lgan voqeani eslashmoqda. U o‘shanda Kanadaning Edmonton shahrida uysiz kishiga o‘z ustidagi kurtkasini yechib berib, tahsinlarga sazovor bo‘lgandi.
«Biz Aleks Ovechkin qish kunida ustidagi kurtkasi va boshidagi kiyimini ko‘chadan o‘tib ketayotgan uysiz kishiga berib yuborganini ko‘rgandik», deya Ovechkinning rahmdilligini eslagan fikr qoldiruvchilardan biri.
Mavzuga oid
08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi
00:44 / 18.09.2019
Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagach kim bo‘lmoqchiligini aytdi
21:36 / 15.09.2019
Nurmagomedov Porega bergan va'dasi ustidan chiqdi
21:40 / 10.09.2019