Rossiyalik yakkakuraş jangçisi Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagaç iqtisodçi bölişni rejalaştirmoqda. Bu haqda sportçi Birinçi kanal efirida ma'lum qildi.  

“Men Moskvadagi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida tahsil olaman. 4-kurs talabasiman. Sirtdan öqiyman, çunki har kuni öqişga bora olmayman, men sport bilan şuğullanişim kerak. Bunday yuqori darajada ikkitasidan birini tanlaşga töğri keladi”, deb aytgan UFC çempioni.

“Men iqtisodçi bölmoqçiman, çunki iqtisodiyot hamma yerda dolzarb. Öz kapitalimga aql bilan yondaşib, xayriya yönalişi va biznes oçmoqçiman. Qandaydir vaqtdan keyin heç narsasiz qolmasligim uçun”, deb aytgan 30 yoşli sportçi.

Nurmagomedov 7 sentyabrda Abu-Dabida ötgan musobaqada amerikalik Dastin Poreni böğiş usuli bilan taslim etgandi.