Jahon | 14:13 / 28.04.2017
32926
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Toshkentda “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan maxsus tadbir o‘tkazilmoqda

Toshkent shahrida 9 may kuni nishonlanadigan “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan maxsus tadbir o‘tkazilmoqda. Unda Ikkinchi jahon urushi davridagi avtomobillar va harbiy liboslarni kiyib olganlar ishtirok etmoqda. 

Maxsus avtokarvon Toshkentning Gavhar ko‘chasidan harakatini boshlab, Shota Rustaveli ko‘chasi orqali Usmon Nosir ko‘chasiga, u yerdan Yunusobod hududi orqali Uch Qahramonga boradi. 

9 may bayramiga bag‘ishlangan tadbirning asosiy qismi akademik Mirzayev nomidagi mevachilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib o‘tadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов

Mavzuga oid