Toşkent şahridagi “Dna motors” MÇJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Kun.uz’ga mazkur şaxslarga aldangan jabrlanuvçilar xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, “Dna motors” mansabdorlari ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyda işlab çiqarilgan elektromobillarni qulay şartlarda sotiş töğrisida jozibali reklamalar joylaştirgan. Fuqarolar uşbu reklamalarni körib, avtomobil xarid qiliş uçun ular bilan şartnoma tuzgan va tölovlarni amalga oşirgan. 

Ammo avtosalon şartnoma şartlarini bajarmagan: avtomobillar aytilgan vaqtda yetkazib berilmagan. Holat yuzasidan e’tiroz bildirgan mijozlar esa “sertifikat çiqmadi”, “Xitoydagi hamkor bilan kelişmay qoldik” kabi turli bahonalar bilan aldab kelingan.

Jumladan, Sayfitdin Odilov 2025 yil 14 aprelda BYD SONG PLUS maşinasini xarid qiliş maqsadida “Dna motors” MÇJ bilan şartnoma tuzgan. U 347 mln 150 ming söm tölovni amalga oşirgan. Avtomobilni 15-20 iş kunida keltirib beriş va’da qilingan. Ammo oradan şunça oy ötganiga qaramay avtosalon şartnoma şartlarini bajarmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, “Dna motors” MÇJ mansabdorlari 35 nafar fuqaroni şu kabi va’dalar bilan aldab, ularning 10 mlrd sömdan ortiq pulini özlaştirgan hamda öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi xabarnomasiga köra, “Dna motors” MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davomida MÇJ rahbari Nargis Saidnazirxanova hamda MÇJ rahbari örinbosari Fazlitdin Ziyayevga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi, MÇJ rahbari örinbosari Jamoliddin Mirsalixovga esa sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov tamomlanib, iş sudga yuborilgan.