Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentabr kuni bayram tadbirlari Toshkentning qaysi hududlarida o‘tkazilishi ma'lum qilindi
O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari 1 sentabr kuni Toshkent shahrining 12ta nuqtasida o‘tkaziladi.
Toshkent shahar hokimining 2016 yil 29 iyulidagi 122-f-sonli farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami munosabati bilan 2016 yil 1 sentabr kuni soat 11:00dan 18:00gacha poytaxtdagi xiyobon va istirohat bog‘larida bo‘lib o‘tadigan xalq sayili hamda bayram tadbirlari rejasi tasdiqlangan. Bu haqda Toshkent shahri hokimiyati saytida ma'lum qilingan.
Quyida bayram marosimlari o‘tkaziladigan hududlar keltirilgan
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i;
Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘;
Bobur nomidagi bog‘;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘;
Furqat nomidagi bog‘;
G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘;
Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi maydon;
O‘zbekiston Davlat sirki oldidagi maydon;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma'naviyat ma'rifat markazi oldidagi maydon;
«Baxt diyor» guzari oldidagi maydon;
«Lokomotiv» madaniyat va istirohat bog‘i;
«Quyoshcha nuri» madaniyat va istirohat bog‘i.
Mavzuga oid
14:30 / 23.12.2025
Toshkentda avtobus yo‘nalishlaridan birining qatnovi qisqartiriladi
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
12:35 / 20.12.2025
Toshkent bosh rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda – qurilish vaziri
13:59 / 18.12.2025