Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus yo‘nalishlaridan birining qatnovi qisqartiriladi
Sergeli tumani Daryobo‘yi ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 126-sonli avtobus yo‘nalishi qatnoviga vaqtinchalik o‘zgartish kiritildi. Yo‘lovchilardan qatnovlarni oldindan rejalashtirish so‘raldi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 19 dekabrdan ta’mirlash ishlari yakunlanguniga qadar Daryobo‘yi ko‘chasida ishlar olib boriladi. Shu munosabat bilan 126-sonli yo‘nalish harakati 2025 yil 22 dekabrdan boshlab vaqtinchalik “Sergeli qo‘rg‘oni” bekatigacha qisqartiriladi.
Qayd etilishicha, mazkur davrda yo‘nalish vaqtincha Quruvchilar mavzesi va “Quruvchilar” metro bekatigacha harakatlanmaydi.
Mutasaddi idora ta’mirlash ishlari davomida ko‘chalarda tirbandlik ortishi ehtimolini qayd etib, zaruratga ko‘ra yo‘nalishga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq bo‘lishi mumkin.
Yo‘lovchilardan qatnovlarni oldindan rejalashtirish so‘raldi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026