Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Novza» masjidi ta'mirlanadi (foto)
Foto: "Kun"
Toshkent shahridagi «Novza» jome' masjidida katta ko‘lamdagi qurilish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita saytida ma'lum qilingan.
19 iyulda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent shahar vakilligi hamda keng jamoatchilik masjidda amalga oshiriladigan qurilish-ta'mirlash ishlarini boshlash uchun yig‘ilishgan.
Rejaga ko‘ra, masjid hovlisiga namozxonlar uchun zamonaviy talablar asosida ayvon quriladi. Shuningdek, masjid tahoratxonasi yangilanadi.
Masjid ma'muriyati «Kun» fotomuxbiriga loyiha suratlarini taqdim etgan.

Ushbu masjid respublikadan haj va umra safarlariga otlanadigan ziyoratchilar uchun so‘nggi kuzatish maskani ekani hisobga olinib, bu yerda ayollar uchun alohida tahoratxona bo‘lishi hisobga olingan.
Qurilish-ta'mirlash ishlari Mustaqillik bayrami arafasida tugallanishi belgilangan.


Mavzuga oid
11:00 / 18.12.2018
«Novza» turar joy majmuasi davlat komissiyasi tomonidan qabul qilindi
01:09 / 17.05.2018
«Novza» jome' masjidida taroveh shukuhi (fotojamlanma)
16:50 / 21.07.2017
«Novza» masjidi faoliyati qurilish ishlari tufayli vaqtinchalik to‘xtadi
21:39 / 25.06.2017