Xabaringiz bor, ötgan yilning 19 iyulidan Toşkent şahridagi «Novza» jome' masjidida katta kölamdagi quriliş işlari amalga oşirib kelinmoqda. Bugun, 17 may kuni masjidda Ramazonning ilk tarovehi ado etildi. 

Ma'lumotlarga köra, masjid namozxonlar uçun faoliyat olib bormoqda. Beş mahal ibodat uçun eşiklar doim oçiq. Faqat şu bilan birga u yerda ta'mirlaş işlari bir vaqtning özida olib borilmoqda. Tahoratxona töla bitmagan. Mana şunday ayrim kamçiliklarga qaramay, bugungi tarovehda masjid hovlisi namozxonlar bilan töldi.

- Masjidimizda xatmonalar 15 kun davom etadi va har kuni 2 poradan öqiladi, - dedi masjid imom xatibi Jaloliddin Hamroqulov.